
Jamiyat
Global Hunger Index 2022-yil uchun xalqaro miqyosdagi ochlik indeksini eʼlon qildi. Mazkur indeksda Oʻzbekiston eng yaxshi deb topilgan mamlakatlar orasida 5,6 ball bilan 21-oʻrinni egalladi. Oʻtgan yili ham mamlakat ushbu reytingda 21-oʻrinda edi.
Ushbu koʻrsatkich mamlakat oziq-ovqat yetishmovchiligiga duchor boʻlmasligini anglatadi. Mazkur indeks koʻrsatkichi 2020-yilda — 24,2; 2007-yilda — 15,4; 2014-yilda — 8,3 boʻlgan.
Global ochlik indeksining yetakchi pogʻonalarida Belarus, Bosniya va Gersegovina, Chili davlatlari joylashgan. Eng kichik koʻrsatkichlar Madagaskar, Markaziy Afrika Respublikasi va Yaman mamlakatlarida kuzatilmoqda.
MDHning qolgan davlatlari quyidagi oʻrinlarni egalladi:
Qozogʻiston — 24;
Rossiya — 28;
Armaniston — 32;
Ozarboyjon — 36;
Ukraina — 36;
Qirgʻiziston — 40;
Tojikiston — 67.
Joriy yilda Global ochlik indeksda 121 ta mamlakat ishtirok etdi. Bu indeks har bir mamlakat uchun toʻrtta koʻrsatkichni jamlash orqali aniqlanadi: toʻyib ovqatlanmaydigan aholi ulushi; besh yoshgacha boʻlgan vazni meʼyordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha boʻlgan boʻyi meʼyordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha boʻlgan bolalarning oʻlim darajasi.
Global ochlik indeks koʻrsatkichlari mavjud boʻlmagan mamlakatlar va baʼzi bir yuqori daromadli mamlakatlar, aholisi kam mamlakatlar va mustaqil boʻlmagan hududlar uchun hisoblanmagan.
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q