Siyosat
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-sentabr kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Najmiddin Bilol Erdoʻgʻan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda milliy sport turlari va xalq oʻyinlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bilol Erdoʻgʻan Oʻzbekiston yetakchisiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ilk bor Xiva shahrida dunyoning 60 dan ziyod mamlakatidan qariyb 2 ming nafar sportchi ishtirokida oʻtkazilayotgan Xalqaro etnosport festivali qoʻllab-quvvatlangani va yuksak darajada tashkil etilgani uchun samimiy minnatdorlik bildirildi.
Suhbatda qoʻshma “yoʻl xaritasi” asosida taʼlim dasturlarini ishlab chiqish, tajriba almashish, mutaxassislar, murabbiy va hakamlarni tayyorlash, yoshlarni etnosportga keng jalb qilish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109992
Jamiyat
94292
Jamiyat
90147
Jamiyat
73429
Jamiyat
//
Izoh yo‘q