Jamiyat
Bugun Toshkentning Mirzo Ulugʻbek, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarining baʼzi mahalla va koʻchalarida gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda “Hududgaz poytaxt” AJga tayanib, Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mirzo Ulugʻbek tumanida soat 10:00 dan 18:00 gacha:
Uzumzor koʻchasida qisman.
Shayxontohur tumanida soat 20:00 gacha
“Mingtepa” MFYda qisman;
“Beltepa” MFYda qisman;
“Shodlik” MFYda qisman;
“Eski Jarariq” MFYda qisman;
Ushbu mahallalardagi 9 va 10-Issiqlik markazlarida.
Yakkasaroy tumanida soat 11:00 dan 17:00 gacha:
Bobur koʻchasida qisman.
Shuningdek, poytaxtning ikki tumani — Yakkasaroy va Chilonzorda elektr taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati xabar berishicha, isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 8-sentabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi:
Yakkasaroy tumani: “Toʻqimachi” MFYning ayrim koʻchalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
Chilonzor tumani: “Guliston” MFYning ayrim koʻchalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Jahon
Madaniyat
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
109996
Jamiyat
94293
Jamiyat
90150
Jamiyat
73432
Jamiyat
//
Izoh yo‘q