Oʻzbekistonda eng koʻp abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar top beshtaligi maʼlum boʻldi

Saqlash
15:34 / 08.09.2023 1824 0

Oʻzbekistonda hududlar kesimida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilish koʻrsatkichlari taqdim etildi.

2023/2024-oʻquv yili uchun OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga koʻra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Eng koʻp abituriyent talabalikka tavsiya etilgan hududlar (doimiy yashash hududi boʻyicha):

Qashqadaryo viloyati — 20 759 nafar;
Samarqand viloyati — 20 421 nafar;
Fargʻona viloyati — 18 822 nafar;
Toshkent viloyati — 15 347 nafar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 14 428 nafar.

OTMlarga kirish test sinovlari natijalariga koʻra foiz hisobida talabalikka tavsiya etilish koʻrsatkichi yuqori boʻlgan hududlar (doimiy yashash hududi boʻyicha):

Buxoro viloyati — 28,32 foiz;
Navoiy viloyati — 24,03 foiz;
Xorazm viloyati — 23,95 foiz;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 22,84 foiz;
Toshkent shahri — 22,18 foiz.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning test sinovida toʻplagan oʻrtacha bali 99 ballni tashkil etdi. Yuqoriroq natija qayd etgan hududlar (doimiy yashash hududi boʻyicha):

Buxoro viloyati — 107,3 ball;
Toshkent shahri — 105,2 ball;
Fargʻona viloyati — 104,1 ball;
Namangan viloyati — 101,2 ball;
Xorazm viloyati — 100,0 ball.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//