Siyosat
Shavkat Mirziyoyev 7-sentabr kuni Toshkentda BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dunyuyni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Syuy Dunyuy Samarqandda oʻtayotgan Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
Uchrashuv avvalida prezident yuqori darajali mehmonni BMTning yetakchi tarmoq tuzilmasi rahbari etib qayta saylangani bilan qutladi hamda Samarqanddagi konferensiyani qoʻllab-quvvatlagani va uning ishida shaxsan ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirdi.
Oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgan xavf-xatarlarga qarshi, jumladan, mintaqa darajasida kurashish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Agrar tarmoqni rivojlantirishdagi nomutanosibliklar, suv resurslarining tanqisligi, qoʻshimcha qiymat yaratishning uzun va samarasiz zanjirlari, logistikadagi uzilishlar va boshqalar barqaror rivojlanish uchun asosiy xatarlar sifatida qayd etildi.
Oʻzbekiston va FAO oʻrtasida 2030-yilga qadar moʻljallangan yangi hamkorlik dasturiga qishloq xoʻjaligini ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilish, agrar sohani raqamlashtirish, moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning taʼsirchan vositalarini amalga oshirish va agrooziq-ovqat tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni kiritishga kelishib olindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q