Toshkentda yana toʻrtta avtobus yoʻnalishi qisqartiriladi

Saqlash
20:58 / 07.09.2023 1313 0

“Toshshahartransxizmat” poytaxtda 12-sentabrdan toʻrtta avtobus yoʻnalishi qisqartirilishini maʼlum qildi.

16-sonli “Haydarobod” mahallasi – Toshkent vokzali avtobus yoʻnalishining harakati “Haydarobod” mahallasidan Navroʻz (TTZ) bozori bekatigacha qisqartiriladi.

16-sonli yoʻnalish xizmatlaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar “Haydarobod” mahallasigacha yetib olishlari uchun 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 159-sonli “Haydarobod” mahallasi – Navroʻz bozori avtobus yoʻnalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

25-sonli Yunusobod 9-dahasi – Seleksiya instituti yoʻnalishining harakati Seleksiya institutidan Navroʻz (TTZ) bozori bekatigacha qisqartiriladi.

25-sonli yoʻnalish xizmatlaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar Seleksiya institutigacha yetib olishlari uchun 2023-yil 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 3-sonli Navroʻz bozori – Oʻnqoʻrgʻon mavzesi avtobus yoʻnalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

117-sonli Doʻstlik 2-mavzesi – Food City savdo markazi yoʻnalishining harakati Doʻstlik 2-mavzesidan Toshkent quvur zavodi bekatigacha qisqartiriladi.

117-sonli yoʻnalish xizmatlaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar Doʻstlik 2-mavzesigacha yetib olishlari uchun 2023-yil 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 144-sonli Doʻstlik 2-mavzesi – Quruvchilar metrosi avtobus yoʻnalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

150-sonli Chilonzor 25-dahasi –Yunusobod 19-dahasi yoʻnalishining harakati Yunusobod 19-dahasidan Paxtakor metrosi bekatigacha qisqartiriladi.

150-sonli yoʻnalish xizmatlaridan foydalanuvchi yoʻlovchilar Yunusobod 19-dahasigacha yetib olishlari uchun 2023-yil 4-sentabr kunidan yangi tashkil etilgan 157-sonli Doʻstlik 2-mavzesi – Quruvchilar metrosi avtobus yoʻnalishi xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, sentabr boshida “Toshshahartransxizmat” yoʻlovchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida qoʻshimcha 7 ta yangi avtobus yoʻnalishlari tashkil etilganini eʼlon qilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//