Jamiyat
Toshkentdagi AQSH elchixonasi Green Card gʻoliblariga ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, dunyo boʻylab Green Card dasturi uchun belgilangan yillik 55 mingta viza soni yaqin kunlarda yakuniga yetishi mumkin. Belgilangan limit tugasa, barcha AQSH elchixonalari DV dasturi boʻyicha vizalarni boshqa taqdim eta olmaydi.
Toshkentda sentyabr oyida boʻlajak viza suhbati kuni belgilangan murojaatchilar viza ololmasliklari mumkin.
“Viza uchun talab etilgan hujjatlari mavjud emasligidan xabardor murojaatchilar viza suhbatiga kelishdan (va qaytarib berilmaydigan viza toʻlovini amalga oshirishdan) avval oʻylab koʻrishlarini soʻraymiz. Chunki viza boʻyicha murojaatni koʻrib chiqib, uni yakunlash uchun yetarlicha vaqt qolmasligi mumkin”, — deyiladi elchixona tarqatgan xabarda.
Elchixona dunyo boʻylab belgilangan viza sonlari cheklovi qamrab olingunga qadar DV vizalarini taqdim etishni davom ettiradi. Bugungi kunga kelib 3100 dan ortiq murojaatchilar bilan suhbat olib borilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q