Jamiyat
Prezident Farmoniga koʻra, Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi Salomatlik va strategik rivojlanish instituti etib qayta tashkil qilindi.
Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi:
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli boʻlmagan kasalliklarga qarshi kurashish hamda oldini olish boʻyicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining barqaror tibbiy madaniyatini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
ilgʻor va maqbul xorijiy tajriba asosida sogʻliqni saqlash tizimi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari, oʻrta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish ssenariylari va strategiyalari boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
tibbiy statistikani shakllantirish va yuritish, statistik koʻrsatkichlarni shakllantirishda xalqaro standartlar va metodikalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, tibbiyot sohasidagi statistik maʼlumotlarni yigʻish, qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, tarqatish va saqlash borasidagi ishlarni takomillashtirish.
2024-yil 1-yanvardan Institut va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlariga koʻra, tegishli ravishda, Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqaruv organlari xodimlariga tenglashtiriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q