Jamiyat
Oʻzbekistonda rasmiy maʼlumotlarga koʻra 65 nafar bolaning oʻlimiga sabab boʻlgani aytilayotgan “Dok-1 Maks” siropi davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotganda laboratoriya tekshiruvidan oʻtmagani maʼlum boʻldi. Bu haqda 6-sentabr kuni boʻlib oʻtgan sud majlisida soʻz olgan sudlanuvchilardan biri maʼlum qildi, deya xabar berdi “Daryo” nashri.
Sudda soʻroq qilingan ayol G.S. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi boshligʻi sifatida ishlaganini, “Dok-1 Maks” siropini qayta roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida siropdan namunalar olingan boʻlsa-da, ular laboratoriyadan oʻtkazilmaganini maʼlum qildi.
Laboratoriya sinovlari oʻtkazilmagan, roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi yoki men ataylab, yomon niyatda yoki oʻlim holatiga olib kelishini bilib turib, bu narsani qilmaganmiz. Amaliyot boʻlgani uchun qisman aybimga iqrorman. Shu sabab ham mana shu yerda (qamoq ehtiyot chorasi nazarda tutilmoqda — tahririyat izohi) toʻqqiz oydan beri oʻtiribman, — deydi sudlanuvchi.
Ayblanuvchi G.S. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda 12 yildan beri faoliyat yuritayotgan boʻlsa, faoliyati davomida biror marta roʻyxatdan oʻtkazilayotgan doriga laboratoriya sinovlari oʻtkazilganini eslolmasligini bildirdi.
Biz laboratoriya sinovlarini oʻtkazmaganmiz. Bizdagi amaliyotda bu holat umuman kuzatilmagan. Mana shu xatoyimizni hech kim bizga aytmagan. Ular bizga ekspertiza uchun berding, menga ham namuna taqdim et deyishlari mumkin edi-ku. Qoʻmita sinov bayonnomasi boʻlishi uchun laboratoriyaga aytib, keyin bizga ham aytsa boʻlar edi-ku. Bizda amaliyot shunaqa boʻlgan. Adliya vazirligidan, agentlikdan tekshiruvlar kelib-ketgan. Hech qachon hech kim bu holatga eʼtiroz qilmagan. Bu haqda tergov jarayonlari boshlangach, bildik, hamma shunda bildi, — deydi roʻyxatdan oʻtkazilayotgan dorilar laboratoriyadan oʻtkazilmaganini tan olgan sudlanuvchi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q