Madaniyat
UNESCO bosh qarorgohida Dmitriy Yanov-Yanovskiy asarining jahon premyerasi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.
Unga koʻra, Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiga bagʻishlangan koʻrgazma ochilishi munosabati bilan UNESCO bosh qarorgohida atoqli bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy asarining jahon premyerasi ham boʻlib oʻtdi. Bastakor “Zij — burjlar taronasi” asarini Sharqning toʻrt buyuk mutafakkiri: Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va Mirzo Ulugʻbek siymosiga hurmat tariqasida yaratgan.
“Oʻzbekiston Milliy simfonik orkestri ijrosi sanʼat ixlosmandlarini Oʻzbekiston madaniy-tarixiy merosining yangi qirralari bilan tanishtirdi”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
112436
Jamiyat
95097
Jamiyat
91317
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q