Jahon
Turkiyaning Istanbul shahrida qurolli otishma oqibatida oʻzbekistonlik fuqaro halok boʻldi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi axborot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, 2-sentyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida ikki jinoiy guruh oʻrtasida qurolli otishma sodir boʻlgan. Bu vaqtda voqea joyiga yaqin yerda mehnat faoliyatini olib borayotgan 46 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi asli samarqandlik N.Z. ham ogʻir yaralangan va shifoxonaga olib ketilgan.
Koʻrsatilgan tez tibbiy yordamlarga qaramasdan N.Z vafot etgan. Mahalliy huquqni muhofaza qiluvchi organlar jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlab, ularga nisbatan tergov harakatlarini boshlagan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi tezkor ravishda fuqaroning jasadini Istanbul aeroportidan Samarqand viloyatiga yuborish uchun uning yaqinlariga amaliy yordam koʻrsatdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112147
Jamiyat
94833
Jamiyat
90889
Jamiyat
75679
Jamiyat
//
Izoh yo‘q