Jamiyat
Ukrainalik bolalarga Oʻzbekiston jamoat tashkilotlari va ishbilarmonlar nomidan insonparvarlik yordami yetkazildi, deya xabar berdi Ukrainaning Toshkentdagi elchisi Nikolay Doroshenko.
Yordam paketidan erkaklar, ayollar va bolalar uchun futbolkalar, shuningdek, 2000 ta birinchi sinf toʻplami oʻrin olgan. Toʻplamga esa maktab sumkasi, daftar, rasm daftari, rangli qogʻoz, plastilin toʻplami, ruchka, yelim, qalam, rangli qalam, akvarel va qalam qutisi kiritilgan.
Gumanitar yukni Ukraina-Oʻzbekiston doʻstligi xalqaro jamiyati rahbari Lyubomir Bashinskiy qabul qilib oldi. Ukraina elchixonasining “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, bu Oʻzbekistondagi nodavlat tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yigʻilgan gumanitar yuklarning ikkinchi partiyasidir. Birinchisi, jumladan, 10,5 tonna kiyim-kechak, poyabzal va tibbiyot buyumlari 18-avgust kuni mamlakatga yetib borgan. Yuboruvchilar, avvalgidek, anonim qolishni afzal koʻrishgan.
Birinchi sinf oʻquvchilari uchun toʻplamlar Zakarpat viloyati maʼmuriyatining koʻchirilganlar markaziga topshirildi. Ular Xarkov, Xerson, Nikolayev va Zaporoje viloyatlaridan yetimlar va koʻchirilganlarning bolalariga topshiriladi.
“Ishonchim komilki, anonim xayriya minnatdorchilikni inkor etmaydi. Ushbu aksiya tashabbuskorlariga samimiy minnatdorchiligimni bildiraman. Bu xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik oʻzgarmasligini tasdiqlaydi”, — deb yozadi Ukraina elchisi Nikolay Doroshenko.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q