Oʻzbekistonda tilla solingan 40 million soʻmlik osh tayyorlanmoqda

Saqlash
22:31 / 06.09.2023 2186 2

Qoʻqon shahrida joylashgan “Piramida” restorani soʻnggi kunlarda tilla solingan taomlari bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Afisha.uz muxbiri ushbu xabarlarga oydinlik kiritish uchun restoran maʼmuriyati bilan bogʻlandi.

Ular taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, tilla (zarvaraq) solingan taomlar quyidagicha baholanadi:

1 kg osh — 40 000 000 soʻm;
kabob (qiyma, 1 ta six) — 470 000 soʻm;
steyk (1 ta porsiya) — 500 000 soʻm.


Shuningdek, tilla qoʻshilgan kofe va muzqaymoqlar ham taqdim etiladi.

Xonadonning oʻzida ham taomlarni tayyorlash uchun restoran xodimlarini chaqirtirish mumkin. Bunda xizmat haqi — 5 000 000 soʻm etib belgilanadi.

Taʼkidlanishicha, ovqatlarga Germaniyadan buyurtma qilib keltirilgan, isteʼmol uchun chiqarilgan tilla (zarvaraq) ishlatiladi.

2 Izohlar

Nargiza

21:09 / 16.09.2023

Nima keragi bor,bunaqa beʼmanigarchilikni.Bu ham isrofgarchilikning bir turi.

Нодира

23:09 / 06.09.2023

Исрофгарчиликдан бошқа нарса эмас. 40 млн пулингга бировни контракт асосида ўқит.

Izoh qoldirish

//