Toshkentda oʻquv yilining ilk kunida avtobuslar qancha daromad qildi?

Saqlash
15:44 / 06.09.2023 1212 0

Toshkent shahrida yangi oʻquv yilining ilk kunida jamoat transporti (avtobus va elektrobuslarining) faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

 

Unga koʻra, 2023-yil 4-sentyabr kuni:

Avtobus yoʻnalishlari soni — 167 ta;
Yoʻnalishga chiqarilgan avtobuslar soni — 1707 ta;
Yoʻlovchilar soni — 806 721;
Qatnovlar soni — 21 718;
Oraliq interval — 8-10 daqiqa;
Daromad — 1 milliard soʻmdan ziyod boʻlgan.


Ushbu koʻrsatkichlar 2022-yil 5-sentyabr kuni quyidagicha boʻlgan:

Avtobus yoʻnalishlari soni — 152 ta;
Yoʻnalishga chiqarilgan avtobuslar soni — 841 ta;
Yoʻlovchilar soni — 414 874;
Qatnovlar soni — 11 127;
Oraliq interval — 15-20 daqiqa;
Daromad — 482 574,4 ming soʻm boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//