Jamiyat
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilindi.
Mazkur Qonun bilan amaldagi qonunlarga oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, Soliq kodeksida soliq toʻlovchilar sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilishi mumkinligi belgilanmoqda. Amaldagi tartibga koʻra, sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror ustidan yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilingandan (shikoyat koʻrib chiqilganidan) keyin sudga murojaat qilish mumkin.
Endilikda tadbirkorlik subyektlari oʻz huquqlarini toʻgʻridan toʻgʻri sud orqali himoya qilishi yoki maʼqul deb hisoblasa, yuqori turuvchi soliq organiga shikoyat qilishi mumkin boʻladi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqida eʼlon berish majburiyatlarini bekor qilish nazarda tutilmoqda.
Ushbu oʻzgartirishlar kiritilishi natijasida yuridik shaxslarning ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirishdagi byurokratik tartiblar bekor qilinishiga hamda tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha xarajatlarning oldi olinishiga erishiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q