Iqtisod
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qarorga koʻra:
Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 million soʻm ekvivalentidan ortiq miqdordagi Oʻzbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yoʻli bilan bojxona nazoratidan oʻtkaziladi. Ilgari 70 million soʻm edi.
Jismoniy shaxslar deklaratsiya toʻldirish talab etiladigan belgilangan ekvivalentdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablagʻlarini bojxona nazorati shakllari qoʻllanilmasdan oldin deklaratsiyalamagan holda bojxona organlari xodimlariga maslahat olish maqsadida taqdim etganda, bojxona organlari xodimlari tomonidan jismoniy shaxslarga deklaratsiya toʻldirish qoidalari bilan bogʻliq umumiy tushuntirishlar beriladi. Ilgari bu qoida mavjud emas edi.
Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112436
Jamiyat
95097
Jamiyat
91319
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q