Jamiyat
Qoraqalpogʻistonning Ellikqalʼa tumanida 13 yoshli qizni qoʻshni erkak zoʻrlagani aytilmoqda. Holat yuzasidan respublika prokuraturasi munosabat bildirdi.
Tumanning “Amirobod” OFYsida yashovchi fuqaro M.Z. 30-avgust kuni tuman IIBga murojaat qilgan. Unda 2010-yilda tugʻilgan voyaga yetmagan nevarasi T.S.ni qoʻshnisi Z.Sh. qoʻrqitish va zoʻrlik ishlatish orqali nomusiga tekkanini bildirgan.
Sud tibbiyot ekspertizasining 5-sentyabrdagi xulosasi va tergovga qadar tekshiruvda toʻplangan ish hujjatlari inobatga olinib, gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi (14 yoshga toʻlmagan shaxsning nomusiga tegish), 119-moddasi 4-qismi (14 yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib gʻayritabiiy usulda qondirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. U JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Tergovning har tomonlama toʻla va xolisona oʻtkazilishi Qoraqalpogʻiston prokurori tomonidan nazoratga olindi, deyiladi xabarda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109969
Jamiyat
94287
Jamiyat
90145
Jamiyat
73411
Jamiyat
//
Izoh yo‘q