Jamiyat
O‘zbekistonda jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishi kutilmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 5-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Unda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, xususan “Xavfsiz shahar” konsepsiyasi doirasida joriy etilgan axborot dasturlarining samaradorligini yanada oshirish maqsadida jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sgan holda bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarlik chorasi kiritilmoqda.
Bunda, javobgarlikni istisno qiluvchi holat sifatida tibbiy ko‘rsatma asosida yoki mehnat va xizmat faoliyati bilan bog‘liq holatlarda yoxud yo‘l-transport harakatida xavfsizlikni ta’minlash uchun kiyiladigan maxsus bosh-kiyimda yoki sport va madaniy tadbirlar paytida ularning ishtirokchilari tomonidan, shuningdek, qonunchilikda ruxsat etilgan boshqa holatlarda yuzini to‘sgan holda bo‘lish holati belgilanmoqda.
Majlisda qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ko‘rilayotgan sa’y-harakatlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q