Madaniyat
4-sentyabr kuni UNESKOning Parijdagi Bosh qarorgohida “Abu Rayhon Beruniy. Geografik va intellektual sayohatlar” koʻrgazmasi ochildi. Loyiha buyuk alloma va mutafakkir tavalludining 1050-yilligiga bagʻishlangan.
Tashrif buyuruvchilar vizual installyatsiyalar yordamida Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi, kashfiyot va izlanishlari haqida maʼlumot olishlari mumkin. Ekspozitsiyada allomaning Fransiya milliy kutubxonasi fondidan yigʻilgan qoʻlyozmalariga alohida joy ajratilgan. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva maʼlum qildi.
“Oʻylaymanki, ushbu loyiha Yevropa jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotib, buyuk allomalarimiz merosi bilan faxrlanadigan oʻzbek zamini haqidagi tasavvurlarini yanada boyitadi.
Shu oʻrinda Oʻzbekiston UNESKO Bosh Konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda Samarqandda oʻtkazishga tayyorligini mamnuniyat bilan maʼlum qilaman! Agar ushbu taklif maʼqullansa, bu tarixiy voqea UNESKO sessiyalarini faqat Parijda chaqirish boʻyicha 40 yildan oshiq davom etgan anʼanani oʻzgartira oladi”, deb yozgan u.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q