Jamiyat
O‘zbekistonda ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan ochiq inkor etganlik uchun ma’muriy javobgarlik ko‘zda tutilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab bir toifa fuqarolarni boshqa toifa fuqarolardan ustunligini yoki nuqsonli ekanini targ‘ib qilganlik, nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, loyiha bilan ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashashni targ‘ib qilganlik, xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligini ochiqdan-ochiq inkor etganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.
Majlisda qayd etilishicha, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, so‘nggi paytlarda O‘zbekistonda faqatgina diniy rasm-rusumlarga binoan tuzilgan nikohlar soni va buning ortidan ko‘p xotinlik holatlari ortib bormoqda.
Shuningdek, reklama, ko‘ngilochar va tahliliy materiallar orqali ko‘p xotinlik va uning “afzalliklari”ni targ‘ib qilish avj olmoqda.
Buning oqibatida qonuniy nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni ham oshgan. Xususan, 2022-yilda respublika bo‘yicha 18 955 ta holatda tug‘ilgan chaqaloqlar yolg‘iz ona arizasi asosida qayd etilgan. 2021-yilda ushbu ko‘rsatkich 19 037 tani, 2020-yilda 16 564 tani tashkil qilgan.
Nikoh belgilangan tartibda FHDYO organlarida qayd etilmagani otalikni belgilash, aliment tayinlash, meros masalalariga oid turli xil muammolarni keltirib chiqarib, natijada fuqarolarda, ayniqsa ayollarda davlatning huquqiy siyosatiga nisbatan bo‘lgan ishonchi yo‘qolishiga sabab bo‘lmoqda.
Majlisda qayd etilishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi xotin-qizlar va bolalar huquqlarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Qizg‘in savol-javoblar va uzoq davom etgan tortishuvlardan so‘ng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q