Madaniyat
Rossiya Federatsiyasi Kemerovo viloyatining Mariinsk shahrida oʻzbek xalqining otashin shoiri Usmon Nosir haykali ochildi. Bu haqida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Tadbirni Kemerovo viloyati gubernatori Sergey Sivilyov ochib bergan. Marosimda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov, Rossiya tashqi ishlar vazirligi Novosibirskdagi shahri vakili Nikolay Afanasyev, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid va boshqa ijodkorlar soʻzga chiqqan.
Anjumanda Novosibirskda taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik talabalar, xorijiy mamlakatlarda doimiy va vaqtincha yashayotgan vatandoshlar, shuningdek, mahalliy ijodkorlar va Kemerovo viloyati Mariinsk shahrining keng jamoatchilik vakillari ham qatnashgan.

Haykal muallifi Konstantin Zenich.

“Oʻzbekiston delegatsiyasi, Oʻzbekiston elchixonasining Novosibrskdagi bosh konsulxonasi hamda mahalliy aholi vakillari Mariinskdagi oʻrmonzor qaridagi qatagʻon qurbonlari mozorida dafn etilgan Usmon Nosirning qabrini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat qilinib, oʻtganlar xotirasi yod etildi. Shoirning qabriga gullar qoʻyildi”, deyiladi xabarda.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112436
Jamiyat
95097
Jamiyat
91319
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q