Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand Davlat universitetining Kattaqoʻrgʻon filiali binosidagi (sobiq litsey binosi) faollar zali shiftidagi beton plita talabalar ustiga qulab tushgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, voqea sodir boʻlgan yaʼni, plita tushgan joyda talabalar boʻlmaganligi sababli hech kimga jiddiy zarar yetmagan. Faqat zalning birinchi qatorida oʻtirgan ikki nafar 1-bosqich talabalari yengil jarohat olgan va ayni damda shahar Tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.
“Ularning ahvoli yaxshi. Ayni damda ishchi guruh tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish natijasi yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi munosabatda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q