Jamiyat
Bayram kunlarida kuzatilgan iliq va quyoshli ob-havodan soʻng, kecha kechqurun respublika hududiga Gʻarbiy Qozogʻiston hududlaridan nisbatan salqin va biroz nam havo massasi kirib keldi.
Bugun ertalab Toshkent viloyatida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻib oʻtdi.
“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, kun davomida Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo biroz bulutli boʻladi, sharqiy hududlarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi ayrim joylarida kunning birinchi yarmida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati kechagi kunga nisbatan +3...+5 darajaga past boʻlib, +24...+27 darajani tashkil etadi.
5-sentyabrdan va deyarli ish haftasining oxirigacha Oʻzbekiston hududi boʻyicha havo quruq va kam bulutli boʻladi, faqat Fargʻona viloyatining togʻli hududlarida biroz yomgʻir yogʻishi mumkin.
8-sentyabr, juma kuni bulutlilik kuchayishi kutilmoqda, respublikaning ayrim togʻoldi va togʻli hududlarida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi.
Haftaning birinchi yarmida ayniqsa kechasi va ertalab nisbatan salqin boʻladi. Harorat asosan kechalari +10...+13 daraja, kunduz kunlari +26...+29 daraja boʻladi. Haftaning ikkinchi yarmida harorat kechalari +15...+18 darajagacha, kunduz kunlari +29...+32 darajagacha koʻtariladi.
Poytaxtda 5-8-sentyabr kunlari havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 7-8-sentyabrda 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5-sentyabrda kechasi +11...+13 daraja, kunduzi +25...+27 daraja boʻladi, 6-8-sentyabrda kechalari +15...+18 darajagacha, kunduz kunlari +29...+32 darajagacha koʻtariladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q