Jamiyat
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Qiziltepa tumanining Toʻdakoʻl suv havzasi boʻyicha oʻtkazilishi kutilayotgan “Stixiya” festivali keng jamoatchilikning salbiy fikrlari va muhokamalariga sabab boʻlmoqda. Holat boʻyicha Navoiy viloyati hokimligi munosabat bildirdi.
Unda qayd etilishicha, hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan va eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan mazkur jarayonga aslo befarq emas va maʼnaviyatimizga zid, mentalitetimizga xos boʻlmagan har qanday tadbirga qarshi.
Maʼlum qilinishicha, “Stixiya” festivalini oʻtkazuvchi “Unidentified Projects Company” MCHJ rahbariyati viloyat hokimligi tomonidan yuqorida qayd etilgan holatlar sodir etilmasligi boʻyicha rasman ogohlantirilgan va ushbu MCHJ rahbariyatidan viloyat hokimining nomiga mazkur festival doirasida maʼnaviyatimizga zid boʻlgan holatlarga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha kafolat xatlari olingan.
“Mazkur festival uchun mahalliy byudjetdan mablagʻ sarflanmagan, barcha xarajatlar tashkilotchi tomonidan qoplangan”, deyiladi hokimlik munosabatida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q