Jamiyat
Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga kirish sinovlarida ayrim talabgorlarga 0 ball qoʻyilgani ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Sudyalar oliy kengashi mazkur holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursiga kirish sinovlarini topshirayotganlar, koʻpgina xabarlarda urgʻu berilayotgani kabi “sudyalikka nomzod”lar emas, balki talabgor hisoblanadi.
Talabgorning “sudyalikka nomzod” boʻlishi uchun kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursi tinglovchisi boʻlishi va sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kursini muvaffaqiyatli bitirishi shart.
Yaʼni, shu bosqichlardan oʻtgan mutaxassisgina “sudyalikka nomzod” boʻlishi mumkin. Nomzod Sudyalar oliy kengashi tomonidan oʻtkaziladigan boʻsh sudyalik lavozimlari uchun ochiq tanlovda ishtirok etishi kerak.
“Kirish sinovlarining insho bosqichida 50 tadan ortiq mavzular ichidan 3 tasi talabgorlar tomonidan yopiq konvertlar orasidan tavakkalchilik asosida tanlab olinishi haqida ilgari ham maʼlumot berilgandi. Shuningdek, tanlab olingan mavzular boʻyicha yozilgan insho daftarlarining muqovasi olinib, birinchi varagʻiga maxsus shifr qoʻyilgan holda (shu tariqa talabgorlar shaxssizlantiriladi, bundan maqsad xolislikni taʼminlash, turli shubha va korrupsion holatlarning oldini olishdir) maxsus baholovchi komissiyaga topshirilishi, insho yozilgan daftar varaqlariga (muqovasiga emas) talabgor oʻz ismi-sharifini yozishi yoki biror bir koʻzga yaqqol tashlanadigan belgi qoʻyishi mumkin emasligi ham aytilib, aks holda, “0” ball qoʻyilishi haqida ogohlantirilgan.
Baxtga qarshi, kirish sinovlarining ayni shu bosqichida 8 nafar talabgorga (ularning bir nafari insho daftarini topshirmay, oʻzi bilan olib ketgan!), joriy tartiblarga rioya qilmagani uchun, “0” ball qoʻyildi”, deyiladi munosabatda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q