Jamiyat
Joriy yilning 31-avgust hamda 1-sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida bayram tadbiri oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli poytaxtning Maxtumquli- Ohangaron shoh koʻchasidan, Yangi Oʻzbekiston — 4P12 yoʻli kesishgan chorrahasigacha soat 19.00 dan 22.00 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi maʼlum qildi.
Faqatgina bayram tadbirlari va mushakbozlikka tashrif buyuruvchi mehmonlar Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻylab harakatlanishlari mumkinligi eslatib oʻtilgan.
Toshkent viloyati tomondan;
Yuqori Chirchiq tumani,
Quyi Chirchiq tumani,
Oʻrta Chirchiq tumani hamda Parkent tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar 4R12 yoʻli boʻylab Sharq YPX maskani orqali poytaxtimizga kirishlari tavsiya etiladi.
Boʻstonliq tumani,
Gʻazalkent tumani,
Qibray tumanlaridan tashrif buyuruvchi mehmonlar Chirchiq shahri orqali Yuzrobod koʻchasi boʻylab Temur Malik koʻchasi orqali poytaxtimizga kirishlari tavsiya etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q