Namanganda “Tashabbusli budjet” uchun o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul yig‘ildi

Saqlash
14:22 / 31.08.2023 2147 0

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi maktabda “Tashabbusli budjet” uchun o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul yig‘ilgani aniqlandi. Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

 

Unga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 12-umumta’lim maktabida “Tashabbusli budjet” uchun o‘qituvchilardan 500 ming so‘mdan pul talab qilingani aks etgan audioxabar tarqalgan. Mazkur holat yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ishchi guruhi dastlabki o‘rganish ishlarini olib bordi. 

 

Ta’lim maskanidagi 27 nafar o‘qituvchidan yozma tarzda so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra 11 nafar pedagog haqiqatan ham majburan pul talab etilganini, 16 nafari esa o‘z xohishlariga ko‘ra tashabbus ko‘rsatishganini bildirib o‘tdi. 

 

Ayni paytda ushbu vaziyat bo‘yicha tuman hokimligi, viloyat hamda tuman  bandlikka ko‘maklashish markazi va tuman prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakuni yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//