Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim foydalanuvchilar tomonidan turistlarni mamlakatga jalb qilish maqsadida tashkil qilinayotgan bir qator xalqaro festivallar doirasida oʻtkazilayotgan tadbirlardagi holatlar tanqid qilinmoqda. Tanqidiy fikrlar orasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining faoliyati, amalga oshirayotgan ishlari ham tilga olingan.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi holat yuzasidan o‘z munosabatini e’lon qildi. Mazkur munosabat matniga ko‘ra, tanqidiy fikrlar hech bir asosga ega emas, va haqiqatdan yiroq.
Shuningdek, tashkilot har doim qadriyatlarimizga zid, oʻzligimizga yot, axloqiy qarashlarimizga bepisandlik bilan munosabatda boʻladigan har qanday holatga nisbatan murosasizlik bilan kurashib kelmoqda, deyiladi munosabatda.
Markaz matni quyidagi fikrlar bilan davom ettiriladi:
Bu kurash tashkilot faoliyatini “analiz qiluvchilar” aytganidek, faqat tadbirbozlik, yigʻilishlardan iborat emas. Ayrim qilinayotgan ishlar koʻz-koʻz qilinmasligi, “jar solinmasligi” tashkilot jamiyatda hech bir ishni qilmayapti, deyishga asos boʻla olmaydi. Yana bir narsani unutmasligimiz lozim. Har bir ziyolining ichida “maʼnaviyat” yashaydi. U xuddi yonib turgan olovga oʻxshaydi. Shu olovlar tashkilot faoliyatining mayogʻi aslida. Shu sabab haqiqiy ziyoli, maʼrifatli shaxs, atayin birovni aybdor qilishi emas, holatni obyektiv va xolis tahlil qilishi, bu boʻyicha oʻzining murosasizligini bildirishi lozim. Zero, Prezident ham “Agar kimdir, maʼnaviyat masalasi – bu faqat Maʼnaviyat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi, deb oʻylasa, xato qiladi. Bularning barchasi oldimizda turgan eng asosiy, eng muhim vazifalardan biridir”, deb bejiz taʼkilamagan edi.
Bugun ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining xalqaro festivallarga munosabati ham Prezidentning yuqoridagi fikrlari qanchalik asosli ekanini koʻrsatib turibdi. Zero, har bir sohada maʼnaviyat, axloq masalalarini unutmaslik har qachongidan ham zarurdir.
Iqtisodiyotga boʻlayotgan foydani oʻylamaslik mumkin emas. Biroq bozor tamoyillariga asoslangan, lekin ma’naviyatga tayanmagan kuchli iqtisodiyot ruhsiz tanadek gapdir, deyiladi munosabat oxirida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q