Iqtisod
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida majburiy ovoz berish holatlariga duch kelgan fuqarolarni bu haqda xabar berishni soʻramoqda.
Vazirlikka koʻra, ayrim hududlarda byudjet tashkilotlari xodimlarini majburiy tarzda ovoz berishga jalb etish holatlari kuzatilayotgani yuzasidan eʼtirozlar kelib tushmoqda.
Vazirlik 2023-yil 10-apreldagi prezident qaroriga koʻra, ovoz yigʻishga majburlash majburiy mehnatga jalb qilish sifatida tasniflanishini eslatib oʻtdi. Bundan tashqari, majburiy ovoz toʻplash holatlari yuzasidan kelib tushgan barcha murojaatlar huquqiy baho berish uchun vakolatli organlarga taqdim etilayotganini bildirdi.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz ham “Tashabbusli byudjet” jarayonlari doirasida majburiy ovoz berish holatlariga duch kelsangiz, bu haqda zudlik bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligining ishonch raqamlariga yoki “Ochiq byudjet” axborot portalining onlayn murojaat boʻlimiga xabar berishingizni soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
“Ochiq byudjet” axborot portalining onlayn murojaat boʻlimi — Onlayn murojaatnomalar.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining ishonch raqamlari:
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q