“Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovi gʻoliblari aniqlandi. Taqdirlanganlar orasida Oyina.uz portalining ikki nafar jurnalisti ham bor 

Saqlash
03:41 / 30.08.2023 2812 0

Oʻzbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bagʻishlab tashkil etilgan “Eng ulugʻ, eng aziz” tanlovi gʻoliblari tantanali taqdirlandi. Bu yil “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostida oʻtkazilgan tanlovning gʻoliblari orasida Oyina.uz portalining ikki nafar jurnalisti ham bor.

 

Abdumajid Azimov “Yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari” nominatsiyasida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Feruza Xayrullayeva “Internet-jurnalistikasi” nominatsiyasida 2-oʻrinni egalladi.

 

Tanlov gʻolib va sovrindorlarini toʻliq roʻyxati quyidagicha.

 

 

“Bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari”nominatsiyasi boʻyicha:

 

 1-oʻrin

Shoyim Boʻtayev — “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi boʻlim mudiri.

 2-oʻrin

Iqbol Qoʻshshayeva  — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va maʼrifat” telekanali katta muharriri.

 3-oʻrin

Guljamal Bayturayeva — “Нурлы жол” gazetasining boʻlim muxbiri.

 

“Televideniye va radio ijodkorlarining eng yaxshi materiallari” nominatsiyasi boʻyicha:

 

1-oʻrin

Nazira Mambetsheripova — “Oʻzbekiston 24” telekanali muharriri.

2-oʻrin

Parda Xolmatov — Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi muharriri.

 3-oʻrin

Umid Pirboyev — “Renessans” telekanali muxbiri.

 

“Internet-jurnalistikasi” nominatsiyasi boʻyicha:

 

 1-oʻrin

Jonibekov Ziyodullo Toshtemirovich — Oʻzbekiston Milliy axborot agentligining Prezident “POOL” markazi boshligʻi.

2-oʻrin

Feruza Xayrullayeva — “Oyina.uz” portali muharriri.

 3-oʻrin

Dilshodbek Asqarov  — “Vodiy-1” internet nashri bosh muharriri.

 

“Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun” nominatsiyasi boʻyicha:

 

1-oʻrin

 

Mamatqul Xazratkulov — “Guliston” va “Teatr” jurnallari birlashgan tahririyati bosh muharrir oʻrinbosari. “Kitob ichra sen borsan” kitobi uchun;

 2-oʻrin

“Ishonch” va “Ishonch-Doveriye» gazetalari tahririyati. “2022 nigoh” kitobi uchun (Bosh muharrir Husan Ermatov);

 3-oʻrin

Maʼmurjon Qiyomov  — “Maʼrifat” va “Учител Узбекистана” gazetalari boʻlim mudiri. “Ezgulikka undovchi saboqlar” kitobi uchun.

 

“Yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari” nominatsiyasi boʻyicha:

 

 1-oʻrin

Abdumajid Azimov — “Qiyom pallasi”, “Mangu yoʻlovchi” hamda “Oʻzbeklarim” kitoblari uchun;

 2-oʻrin

Gulandam Qurambayeva — “Oʻzbek va qoraqalpoq adabiy aloqalari” kitobi uchun;

 3-oʻrin

Mahammadali Qoʻshmaqov — “Qadamingga gullar ochilsin” publitsistik toʻplami uchun.

 

“Tasviriy sanʼat, foto va dizayn ishlari” nominatsiyasi boʻyicha:

 

1-oʻrin

 

Maxsudjon Kasimov;

 2-oʻrin

Xurshidbek Qosimov;

3-oʻrin

Ulugʻbek Meylikov.

 

“Kino sanʼati asarlari” nominatsiyasi boʻyicha:

 

1-oʻrin

Akbar Bekturdiyev — “Oʻzbek qizi” nomli toʻliq metrajli badiiy filmidagi mualliflik va rejissyorlik ishi uchun;

 2-oʻrin

Rustam Karimov — “Mepoc” hamda tibbiyot sohasidagi sharafli va mashaqqatli kasbiga umrini baxshida qilgan fidoyi shifokor obrazini mahorat bilan ijro etgani uchun, “Doktor Abdullayev” nomli toʻliq metrajli badiiy filmlaridagi aktyorlik ijrosi uchun;

 3-oʻrin

Nurullo Narzullayev  — “Xalq yuragi” turkumidagi “Maqsud Shayxzoda” hamda qahramon ichki kechinmalarini ochib bera olganligi va oʻziga xoc rejissurasi orqali “Matonat maktabi” rukni ostidagi “Mohigulning pok niyati” nomli hujjatli filmlardagi rejissyorlik ishi uchun

 

Maʼlumot uchun, joriy yilda tanlovning respublika bosqichiga 7 ta nominatsiya boʻyicha 345 nafar: jurnalistlar, yozuvchi-shoirlar, kino sanʼati, tasviriy sanʼat, foto asarlar va dizayn ishlari boʻyicha ijodkorlardan bir ming yetti yuzga yaqin ijodiy ishlar taqdim etilgan.

Ijodiy ishlar besh ballik tizimda mavzuning dolzarbligi, tahlili, asarning badiiyligi, mustaqillik gʻoyasining ifodasi, talqinning oʻziga xosligi kabi mezonlar asosida baholangan.

Shuningdek, gʻoliblarni aniqlashda tanqidiy-tahliliy ruhdagi materiallarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//