Maktab oshxonalarida qanday mahsulotlarni tayyorlash va sotish taqiqlangan?

Saqlash
02:34 / 30.08.2023 1620 0

Bu haqida sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nurmat Atabekov maʼlumot berdi:

 

— “Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional taʼlim muassasalarida oʻquvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”ga koʻra, quyidagilar maktab oshxonalarida tayyorlanishi va sotilishi mumkin emas:

 

Goʻsht qoʻshilgan, mayonez, ketchup va orasiga sabzavotlar solingan non mahsulotlari (gamburger, chizburger va xot-doglar);

 

Sunʼiy taʼm, hid beruvchi moddalar, boʻyoqlar, aromatizatorlar qoʻshilgan qandolat mahsulotlari;

 

Sunʼiy konservantlari boʻlgan “kiriyeshki”, “xrustyashki” va chipslar, qurt, pista, donali uy sharoitida tayyorlangan shimiladigan shirinliklar;

 

Rangli va rangsiz gazlangan ichimliklar;


Veterinariya nazoratidan oʻtmagan goʻsht, baliq, parrandalar; jigar, til va yurakdan tashqari barcha kalla-pochalar;


Tashqi qavati toza boʻlmagan, singan, zarur talablarga javob bermaydigan tuxumlar;


Bankalarning germetikligi buzilgan, bombajli, zanglagan, shakli oʻzgargan, yorligʻi boʻlmagan va ishlab chiqarish vaqti hamda yaroqlilik muddati belgilanmagan, ayniqsa, uy sharoitida tayyorlangan har-xil turdagi konservalar;


Turli aralashmalar yoki ombordagi zararkunandalar bilan zararlangan yorma, un, quritilgan mevalar va boshqa mahsulotlar;


Kremli qandolat mahsulotlari (tort va pishiriqlar);


Xolodes, parranda va tuyoqli hayvonlar oyogʻidan tayyorlangan hamda kalla goʻshti ruletlari, oʻpka-jigarli va qondan qilingan kolbasalar;


Pasterizatsiya qilinmagan (flyagadagi) tvorog, termik ishlov berilmagan, idishda saqlangan tvorog va qaymoq, qoʻlbola qatiq, epizootik noxush xoʻjaliklardan olingan, shuningdek dastlabki ishlov berilmagan va pasterizatsiya qilinmagan sut va sut mahsulotlari, qimiz va tarkibida etanol boʻlgan (0,5 foizdan ortiq) boshqa achitilgan sutli mahsulotlar;


Qoʻziqorinlar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar;


Kvas;


Xom dudlangan goʻshtli gastronomik mahsulotlar va kolbasalar, shu jumladan, qaynatilgan kolbasa;


Sirka, xantal, xren(yerqalampir), oʻtkir qalampir (qizil, qora) va boshqa oʻtkir ziravorlar;


Oʻtkir taʼmli souslar, ketchuplar, mayonez, konservalar, marinadlangan sabzavot va mevalar;


Tabiiy kofe, tetiklantiruvchi va quvvatni oshiruvchi energetik va alkogol ichimliklar;


Pazandalik moylari, choʻchqa yogʻi, margarin va boshqa gidrogen yogʻlar;


Danakli mevalarning magʻzi, saqich, meva va rezavorlilardan tayyorlangan yaxna ichimliklar va morslar (termik ishlovsiz);


Okroshka va sovuq shoʻrvalar, yogʻda qovurilgan tuxum, pashtet, goʻsht va tvorogli quymoqlar.


Tez tayyorlanadigan quruq oziq-ovqat konsentratlari asosidagi birinchi va ikkinchi taomlar maktab oshxonalarida boʻlishi taqiqlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//