Iqtisod
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarorlari qabul qilindi.
Qarorlar bilan Oʻzbekiston hamda Qatar davlati hukumatlari oʻrtasida quyidagi bitimlar tasdiqlandi:
investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisidagi;
daromad soliqlari boʻyicha ikki yoqlama soliqqa tortishni bartaraf qilish hamda soliqlarni toʻlashdan bosh tortish va boʻyin tovlashning oldini olish toʻgʻrisidagi.
Mazkur bitimlar 2023-yil 6-iyunda Samarqand shahrida imzolangan.
Shunga koʻra, tegishlicha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul vakolatli organlar etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlaydi.
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
111641
Jamiyat
94643
Jamiyat
90633
Jamiyat
75134
Jamiyat
//
Izoh yo‘q