“Tashabbusli byudjet” portaliga xakerlik hujumlari kuzatildi

Saqlash
21:30 / 29.08.2023 1517 0

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2023-yil 2 mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi 27-avgustdan boshlandi. Ovoz berish jarayonlarining dastlabki kunlari foydalanuvchilar tomonidan tizimda ayrim texnik muammolar kuzatilayotgani boʻyicha eʼtirozlar bildirildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu holat ovozlar sonini sunʼiy ravishda koʻpaytirish maqsadida ishlab chiqilgan norasmiy botlar orqali ovoz yigʻish, shuningdek, turli xil spam va xakerlik hujumlari oqibatida yuzaga kelgan.

 

“Hozirda barcha zaruriy texnik choralar koʻrilib, axborot portali faoliyati moʻtadillashtirilganini maʼlum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//