Siyosat
Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilingan.
Endilikda oʻquv dasturlariga qoʻshimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib tayyorlanadi.
Shuningdek, barcha fanlarda milliy gʻurur, iftixor, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik gʻoyalari targʻib qilinishi shartligi qayd etildi.
Bundan uch yil oldin 15 yoshgacha boʻlgan bolalarga yod, vitaminlar va gijjaga qarshi dorilar tarqatish amaliyoti joriy qilingan edi. Natijada bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga taʼsir koʻrsatadigan qalqonsimon bezi kasalliklari kamaya boshladi.
Joriy yilda ham maktab oʻquvchilariga yod preparatlarini bepul tarqatish davom ettiriladi. Masʼullarga sentyabr oyidan bu ishlarni tizimli tashkil qilib, ota-onalar va oʻquvchilar orasida yod isteʼmolining foydali xususiyatlarini keng targʻib qilish topshirildi.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112436
Jamiyat
95097
Jamiyat
91320
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q