Siyosat
Yuqori sinfda oʻqitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqarishi eʼlon qilindi. Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilingan.
Endi oliygohga kirishga ishtiyoqi bor boʻlgan 10-11 sinf oʻquvchilariga “kimyo – biologiya”, “matematika – fizika”, “matematika – chet tili”, “ona tili va adabiyot – chet tili” fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib oʻqitiladi.
Kasb-hunar egasi boʻlish istagidagi oʻquvchilarga esa maktabning oʻzida tayyor mutaxassis boʻlib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga sentyabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yoʻlga qoʻyish topshirildi. Kelgusi oʻquv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga oʻtkaziladi.
Darslarning mazmuni ham oʻzgarishi taʼkidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.
Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard soʻm ajratildi, boshlangʻich sinflar uchun toʻliq yangi darsliklar ishlab chiqildi.
Boshlangʻich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham toʻliq hajmda chop etishga topshiriq berildi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q