31 nafar hokim maktablarni taʼmirlashga mablagʻ ajratmadi

Saqlash
03:10 / 29.08.2023 1349 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi oʻquv yili arafasida maktab taʼlimidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.

 

Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan olti yarim yilda 320 ming xonadonli yangi uy-joy barpo etilgani bilan ularga mos quvvatdagi maktablar qurilmadi.

Yangi qurilgan massiv va mahallalarda hozirning oʻzida 350 ming yangi oʻquvchi oʻrinlariga talab bor.

Soʻnggi yillarda 70 ming oʻrinli 350 ta xususiy maktab tashkil etildi (2018-yilgacha jami 30 ta boʻlgan).

Toshkent shahri va Fargʻonada xususiy maktablar salmogʻi qolgan hududlardan ancha yuqori. Lekin Navoiyda atigi 3 ta, Surxondaryoda 4 ta, Sirdaryoda 7 ta xususiy maktab bor. Yoki, qoʻshimcha 150 ming oʻquv oʻrniga ehtiyoji boʻlgan Samarqandda bor-yoʻgʻi 6 ming 300 oʻrinli 35 ta xususiy maktab ishlayapti.

Hokimlarga ular maktab infratuzilmasini yaxshilash toʻgʻrisida bosh qotirishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

Masalan, maktablarni taʼmirlashga bu yil mahalliy byudjetdan 135 milliard soʻm ajratildi. Biroq, 31 ta tuman va shaharda hokimlar ushbu maqsadlar uchun mablagʻ bermagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//