Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi oʻquv yili arafasida maktab taʼlimidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.
Davlatimiz rahbari sohada mavjud muammolarni tahlil qildi.
Jumladan, hozirda boshlangʻich sinflarda 11 ta, yuqori sinflarda 16 ta fan oʻtilayotgani bilan oʻquvchilar aniq bir yoʻnalishda chuqur bilimga ega boʻlmay maktabni bitirayotgani qayd etildi.
Masalan, 107 ta tumandan talaba boʻlganlar oliygohga kirish imtihonlarida matematika boʻyicha maksimal ballning yarmini ham yigʻa olmagan. Fizika, kimyo va biologiya boʻyicha ham birorta tuman va shaharda maqtagulik natija yoʻq.
Oʻtgan yili 220 ming muallimdan 86 ming nafari yoki 37 foizining bilim va koʻnikmasi “qoniqarsiz” baholangan. Ayniqsa, hozirda talab yuqori boʻlgan informatika, fizika, ingliz tili, matematika va kimyo fani oʻqituvchilarining bilimi “qoniqarsiz” ekanligi aniqlangan.
Yoki, 51 ming nafar chet tili oʻqituvchilaridan atigi 17 ming nafari (33 foizi) “C-1” darajasiga ega. Vaholanki, 2025-yildan boshlab chet tilidan faqat “S-1” darajasi bor oʻqituvchilar dars oʻtishi mumkin boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q