Jamiyat
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yangi oʻquv yili arafasida maktab taʼlimidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalarni belgilab olish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilmoqda.
Qayd etilishicha, oʻtgan davrda muallimlarning oylik ish haqi oʻrtacha 2,5 baravar oshgan.
Jumladan, chet tili, IT, matematika, kimyo, biologiya boʻyicha milliy va xalqaro sertifikati bor oʻqituvchilarga ustama, chekka hududga borib ishlagan muallimlarga alohida toʻlov joriy etildi.
Natijada 6 million soʻmdan 10 million soʻmgacha maosh oladigan oʻqituvchilar soni 23 mingga yetdi, 10 million soʻmdan yuqori oylik oluvchilar 1 mingdan oshdi. Yana 2 mingga yaqin oʻqituvchilarga vazir jamgʻarmasidan qoʻshimcha ustamalar toʻlanyapti.
Maktablar yuklamasini kamaytirish maqsadida 700 ming oʻquvchi oʻrni yaratildi. Bu – avvalgi yillarga nisbatan 15 baravar koʻp.
Joriy yilda Toshkentdagi 81-maktab va Al-Xorazmiy ixtisoslashgan maktabi Xalqaro ekomaktab dasturining oliy mukofotiga sazovor boʻldi. Bunday yutuqqa Markaziy Osiyoda ilk bor bizning maktablarimiz erishdi.
Yuqori malakali, oʻz ustida ishlaydigan muallimlarni yangi yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlash tizimi yaratildi.
“Koʻp yoshlarimiz qiziqishi va qobiliyatiga mos kasb-hunar egallashni afzal koʻrayotgani ham davr talabi. Shu bois bolalarimizga maktabdayoq kamida ikkita chet tili, kompyuter va kasb-hunarni oʻrgatsak, qoʻlida hunari boʻlsa, hayotda oʻz oʻrniga ega boʻladi”, – dedi Prezident.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q