Toshloqda yangi “Maʼnaviyat va maʼrifat maskani”ni ochildi

Saqlash
22:24 / 28.08.2023 1429 0

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan Fargʻona viloyatida davom etayotgan “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi “Maʼnaviyat festivali” doirasida Toshloq tumanida yangi “Maʼnaviyat va maʼrifat maskani”ni ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Prezidentimizning 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida barcha shahar va tumanlarda maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etish manzilli roʻyxati tasdiqlangan edi. Fargʻona viloyatida mazkur maskanlar soni yana bittaga koʻpaydi.

 



Tuman markazida tashkil etilgan Maʼnaviyat va maʼrifat maskanida barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, zamonaviy kutubxona, madaniyat, hunarmandchilik, tasviriy sanʼat hamda ijodkorlar xonasi tashkil etilgan. Binodagi koʻrgazmali targʻibot vositalarida maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar mujassam etgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//