Oʻzbekistonda elektromobillar importi qariyb 6 barobarga oshdi – Statqoʻm

Saqlash
22:09 / 28.08.2023 1059 0

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 7 oyda eng koʻp Xitoydan elektromobil import qilgan.

Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-iyul oylarida 10 ta xorijiy davlatdan qiymati 217,1 mln AQSH dollariga 7 391 ta elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6084 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

7 oyda eng koʻp elektromobil import qilingan davlatlar:

Xitoy 6 898 ta;

Gonkong 376 ta;

Germaniya 64 ta;

Koreya 18 ta;

BAA 16 ta;

AQSH 11 ta.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//