Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Qirg‘izistonning “Birdamlik” medali bilan taqdirlandi

Saqlash
20:56 / 28.08.2023 924 0

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, Muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazarov Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi tomonidan “Ыntыmak” (Birdamlik) medali bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.

 

Mukofot 27-avgust kuni Bishkek shahridagi xalqaro tadbirda topshirilgan. Tadbirda so‘nggi yillarda O‘zbekiston zaminida Islom dini maʼrifatini keng yoyish, mo‘min-musulmonlar ehtiyojini taʼminlash, masjid-madrasalarni obod etish va ulug‘ allomalar merosiga ehtirom ko‘rsatish yuqori baholangan. 

 

Shuningdek, mintaqada tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini shakllantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar e‘tirof etilgan.

 

“O‘zbekiston tomoni ham Qirg‘iziston musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Zamir qori Rakiyev hazratlariga munosib hadyalarni tuhfa etgan”, — deyiladi! Musulmonlar idorasi xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//