Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlar orqali bir nechta kishilar ko‘chat ekish jarayonida uni ekmasdan, suratga tushib, yana olib ketayotgani haqida video tasvirlar tarqaldi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 26 noyabr kuni Namangan viloyati Pop tumani Sang qishlog‘ida mahalla raisining ko‘rsatmasi bilan ko‘chat ekish jarayoniga soxtalik bilan yondashilgan.
Ushbu holat yuzasidan “Bog‘ ko‘cha” mahalla raisi Q.Ochildiyev, mahalla raisining o‘rinbosari M.Akbarovga tegishli chora ko‘rildi va egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.
Shuningdek, mahallada olib borilgan ko‘chat ekish ishlarini nazoratga olmaganligi uchun tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i E. Asqarovga hayfsan e’lon qilindi.
Sport
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110764
Jamiyat
94443
Jamiyat
90355
Jamiyat
74234
Jamiyat
//
Izoh yo‘q