Nukus shahrida “Yangi Moʻynoq” kitob-albomi taqdimoti, Nukus tumanida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Saqlash
04:34 / 26.08.2023 1998 0

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Nukus shahridagi Yosh tomoshabinlar teatrida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Yangi Moʻynoq” kitob-albomi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

 

 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Tursunxon Xudoyberganov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Farxod Ermatov, Tarix fanlari doktori, professor Abduxalil Mavrulov, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari  Minhojiddin Hojimatov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologik qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Botir Matmuratov, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq shoiri  Kenesboy Karimov,  Qoraqalpogʻiston xalq shoiri, Oliy Majlis senati aʼzosi Guliston Annaqilicheva, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoira Zulfiya Moʻminovalar ishtirok etdi.

 

 

Tadbirda so‘zga chiqqanlar “Yangi Moʻynoq” kitob-albomi misolida Yangi Oʻzbekiston va Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish borasida amalga oshirilayotgan tub oʻzgarish va islohotlarning maqsadi, mazmun-mohiyati hamda ustuvor yoʻnalishlari, mamlakatimizning zamonaviy ijtimoiy qiyofasi qanday yaratilayotgani, davlatimizni yangi rivojlanish bosqichiga koʻtarish uchun belgilab olingan strategik yoʻli, milliy taraqqiyotimiz istiqbollari haqida atroflicha mulohazalar yuritdi.



 

Ma’lumot uchun, bu kitob davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan “Ma’naviyat” nashriyotida chop etildi. Tuzuvchi-mualliflari M.Hojimatov, M.Ulug‘ova hamda M.Bo‘ronov hisoblanadi. Kitob-albom to‘rt bob va yigirma bo‘limdan iborat.

 

Aynan bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus tumani Maʼnaviyat va maʼrifat maskanida ham “Maʼnaviyat festivali” doirasida “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.


 

Tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari Falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova hamda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Turgʻun Beknazarov ishtirok etdi. 


 

Bayramona ruhda o‘tgan bu tadbir ishtirokchilariga a’lo kayfiyat ulashildi.
 


Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!
 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//