Madaniyat
Wiki Loves Earth (“Viki Yerni sevadi”) xalqaro fototanlovida Oʻzbekiston barcha ishtirokchi davlatlar orasida taqdim etilgan fotosuratlar soni boʻyicha ikkinchi oʻrinni egalladi, deyar xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.
Unga koʻra, Oʻzbekiston nomidan qatnashayotgan 69 nafar ishtirokchining 3282 ta fotosurati yuborilgan. Ulardan 6 nafar muallifning 12 ta fotosurati tanlab olingan.
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov ushbu tanlov gʻolib va sovrindorlariga diplomlar, internet-doʻkondan esdalik sovgʻalari xarid qilish uchun sertifikatlar topshirdi.
Tanlov gʻoliblari:
Marat Najiboyev
Arina Pan
Ivan Kondyukov
Marat Mustafin
Yaroslav Galiyev
Humoyun Mehridinov
Maʼlumot uchun, Wiki Loves Earth xalqaro fotosuratlar tanlovi har yili dunyoning qator mamlakatlarida Wikimedia fondi va uning mahalliy filiallari koʻmagida oʻtkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q