Madaniyat
Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati va qator tashkilotlar hamkorligida joriy yilining 23-30-avgust kunlari Respublika boʻylab “Yangi hayot uchun Yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida “Maʼnaviyat festivali” oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu maqsadda targʻibotchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Sirdaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida boʻlib turibdi.
Xususan, Buxoro viloyatida tashkil etilgan “Milliy qadriyatlar” haftaligi loyihasida ham bir qator ziyolilar, sanʼatkorlar ishtirok etdi. Tadbirda taniqli aktrisa Hakima Otaxonova mustaqillikning qadri va tarixni unutmaslik, ijodkor boʻlish uchun talab etiladigan koʻnikmalar haqida fikr bildirdi.
“Shunday goʻzal qadriyatlarimiz borki, ularga butun dunyo havas qilsa arziydi. Biz bulardan unumli foydalanishimiz va unutmasligimiz lozim. Zero, milliy qadriyatlarimiz ham tariximizning bir boʻlagidir. Uni unutish esa bilimsizlikning yaqqol misoli.
Mendan gohida sanʼatkor, umuman aktrisa boʻlish uchun nima qilish kerak deb soʻrashadi. Bilasizmi, taniqli ijodkor boʻlish uchun juda chiroyli yoki maftunkor boʻlish ham shart emas. Bunda, avvalo, bilim va isteʼdod talab etiladi. Bilimga qiziqqan inson esa, albatta, tarixini oʻrganadi, undan xulosa chiqaradi, tarixdan saboq olib shu asos yangi ijod namunalarini yarata oladi”, dedi aktrisa.
Maʼlumot uchun, festival doirasida “Maʼrifat soatlari”, nuroniylar, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvlari”, Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Mening ilk kitob javonim”, yoshlarimiz oʻrtasida milliy musiqa sanʼatimizning koʻp asrlik ijro yoʻllari, qadimiy tarixini keng targʻib qilish maqsadida “Milliy qoʻshiqlar va maqom”, “Vatan madhi”, “Baxshilar tarannumida” konsert-dasturlari, “Milliy qadriyatlar” kabi loyihalar tashkil etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q