Qoʻshtepada yangi Maʼnaviyat va maʼrifat maskani ochildi (foto) 

Saqlash
21:14 / 25.08.2023 1836 0

Oʻzbekiston mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida Qoʻshtepa tumanida yangi Maʼnaviyat va maʼrifat maskani tantanali tadbir bilan ochildi.

 

Tuman hokimi Ilyosjon Novikov, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonov barchani mustaqillik bayrami bilan tabriklab, Yangi Oʻzbekistonni bunyod etishda kuchli maʼnaviyat muhim oʻrin tutishligini taʼkidladi.

 

 

Prezidentimizning 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida barcha tuman va shaharlarda maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarini barpo etish manzilli roʻyxati tasdiqlangan edi. Fargʻona viloyatida mazkur maskanlar soni yana bittaga koʻpaydi. Tumandagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan Maʼnaviyat va maʼrifat maskanida barcha sharoitlar yaratilgan.

 

Maskan zamonaviy kutubxona, majlislar zali, targʻibot guruhi, raqs, hunarmandchilik, seminar-treninglar oʻtkazishga moʻljallangan va faoliyat olib borish uchun maxsus xonalardan iborat. Zaldagi koʻrgazmali targʻibot vositalarida esa maʼnaviy-maʼrifiy islohotlar mujassam etgan.

 

 

Tadbir ishtirokchilari bu yerda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//