25 ta tumanda chorvachilik klasterlari tashkil etiladi

Saqlash
19:55 / 25.08.2023 1909 2

“Chorvachilikda identifikatsiya qilish tizimi va naslchilik sohasini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, Oʻzbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimi quyidagi 2 bosqichda joriy qilinadi:

1-bosqich – 2023–2024-yillarda chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 25 ta tumanda (quyida keltirilgan);

Ushbu tumanlarda hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish tizimini joriy qilish bepul amalga oshiriladi.

 



2-bosqich – 2025–2026-yillarda respublikaning qolgan tumanlarida.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi sohada masʼul organ hisoblanadi.

Qaror bilan Qoʻmita huzurida davlat muassasasi shaklida Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish markazi tashkil etiladi.

Shuningdek, 25 ta tumanda quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan chorvachilik klasterlari tashkil etiladi:

goʻsht va sut mahsulotlarini yetishtirish, shuningdek, aholidan yigʻib olish, qayta ishlash va tayyor mahsulot shaklida realizatsiya qilish;

tayyor ozuqa yem mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni aholiga qulay boʻlgan hududlarda sotish shoxobchalarini tashkil etish;

aholi xonadonlariga mahsuldor naslli mollarni yetkazib berish;

chorva mollarini soʻyish kushxonalari, terilarni qabul qilish va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish;

terini qayta ishlovchi korxonalar bilan birgalikda kooperatsiya asosida teridan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish.

Shunga koʻra, tashkil etiladigan chorvachilik klasterlariga:

60 million AQSH dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;

paxta va gʻalla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100–150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.

2023-yil 1-dekabrdan chorvachilik xoʻjaliklari oʻz ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan qoʻshilgan qiymat soligʻini Qoʻmita kafolati asosida 180 kun ichida toʻlab berish tizimi joriy etiladi.

2023-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 31-dekabrgacha davlat tomonidan quyidagi tartibda subsidiya ajratiladi:

chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xoʻjaliklarga xorijiy davlatlardan import qilingan nasldor qoramolning har bir boshiga 2 million soʻm, nasldor qoʻy va echkining har bir boshiga 400 ming soʻm miqdorida;

parrandachilik xoʻjaliklariga har bir bosh 1 kunlik nasldor joʻjani import qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 15 ming soʻmini qoplash uchun.

2 Izohlar

Fayzullo

20:08 / 25.08.2023

Bu sohada chorvani rivojlantirish uchun toza yerlar berilgani yuq oddiy xalqqa

Xojiakbar

20:08 / 25.08.2023

Asaka tumanidan ham ajratilsa yaxshi bo'lar edi menga ham yer kerak chorvachilik uchun mablag'im yetarli

Izoh qoldirish

//