Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-avgust kuni Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.
Davlatimiz rahbari avvalo Payariq tumaniga borib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon tilovat etilib, duo oʻqildi.
- Ilohim, duolarimiz ijobat boʻlib, Alloh yurtimizni tinchlik-osoyishtalikda saqlasin, fayzu baraka bersin. Mana, mustaqilligimizning 32 yillik bayrami arafasida turibmiz. Xalqimiz bilan birga shu kunlarga yetganimizga shukrlar aytamiz. Oldimizga yana katta-katta rejalar qoʻyganmiz. Buning uchun ikki karra koʻproq harakat qilishimiz, yoshlar tarbiyasiga eʼtibor berishimiz kerak. Hamma sohada taʼlimni, bilimni oshirsak, natijalar yuqori boʻladi. Yoshlarimiz Imom Buxoriy, Mirzo Ulugʻbekday bobolarimizga munosib boʻlishini istaymiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Islom maʼrifati boʻyicha, xuddi Buxorodagidek, Samarqandda ham namuna yaratish kerakligi taʼkidlandi. Allomalarimiz merosidan foydalanib, jaholatga qarshi maʼrifatni kuchaytirish, yoshlarni yot gʻoyalar taʼsiridan asrash boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Hozirgi kunda Imom Buxoriy majmuasi yangidan barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari pardozlash ishlari namunalarini koʻzdan kechirdi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q