Oʻzbekistonda qishning dastlabki kunlarida iliq havo boʻlishi kutilmoqda

Saqlash
20:18 / 29.11.2021 864 0

Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududi boʻyicha quyoshli va ochiq kun boʻlishi kutilmoqda. Tushdan soʻng havo +12…+17 daraja iliqqacha isiydi, kechalari havo harorati +3…+6 daraja iliqni tashkil etadi.

 

1−2-dekabrda xorijiy janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Harorat kechalari +6…+9 daraja iliqqacha, kunduz kunlari +17…+22 daraja iliqqacha koʻtariladi. Bu dekabr oyi boshi uchun boʻlgan meʼyordan +8…+11 darajaga yuqoridir.

 

Faqat 2-dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Buning hisobiga Qoraqalpogʻistonda va Xorazm viloyatida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

 

3-dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikaning qolgan hududlariga tarqaladi. Respublikaning ayrim tumanlarida biroz yomgʻir yogʻishi ehtimoli istisno emas. 3-dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham meʼyordan yuqori boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//