Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning boshqa ishga oʻtishi sabab ishdan olinishi, oʻrniga Bosh prokuror oʻrinbosari Bahriddin Valiyev hokim boʻlishi haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat hokimi matbuot kotibi Manuchehr Mirzayevning maʼlum qilishicha, tarqalgan xabarlar asossiz.
U shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarda bunday asoslanmagan axborotni tarqatmaslik soʻragan.
“Viloyat rahbari oʻz faoliyatini odatiy rejimda davom ettirmoqda.
Keng jamoatchilikdan hech qanday asosga ega boʻlmagan, turli taxmin va talqinlardan iborat xabarlarga ishonmaslikni soʻrab qolamiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatida boʻladi va viloyatdagi bunyodkorlik ishlari, taʼlim maskanlari faoliyati, sanoat va xizmat koʻrsatish loyihalari bilan tanishiladi. Shuningdek, Samarqand viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Sport
Jamiyat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
112436
Jamiyat
95097
Jamiyat
91320
Jamiyat
76014
Jamiyat
//
Izoh yo‘q